← Blogga qaytish
20-noyabr, 2026

Voluto va Asia Alliance Bank hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Voluto va Asia Alliance Bank hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Hamkorlik O‘zbekistonda bank va raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

2026-yil 18-noyabr, Toshkent. Voluto («PAYNET CRYPTO» MChJ) va «Asia Alliance Bank» ATB moliyaviy texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Hujjatni Voluto bosh direktorining o‘rinbosari Arnoldi Gzirovi hamda Asia Alliance Bank Boshqaruvi raisi Abduazimov Umidjon Abduazim o‘g‘li imzoladi.

Memorandum kompaniyalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, qo‘shma moliyaviy yechimlarni yanada rivojlantirish uchun asos yaratdi.

Mijozlar uchun yangi imkoniyatlar

Hamkorlik doirasida Voluto va Asia Alliance Bank bir nechta yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Jumladan:

  • Voluto foydalanuvchilari uchun bankning to‘lov kartalari va to‘lov xizmatlari.
  • Asia Alliance Bank mijozlari uchun raqamli moliyaviy xizmatlar.
  • Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi boshqa qo‘shma tashabbuslar.

Har bir yo‘nalishni amalga oshirishning aniq shartlari alohida shartnomalar asosida belgilanadi.

O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish

Ushbu hamkorlik Asia Alliance Bankning bank sohasidagi tajribasi va Volutoning raqamli aktivlar yo‘nalishidagi ekspertizasini birlashtiradi.

Birgalikdagi faoliyat tomonlarga mijozlar ehtiyojlari va O‘zbekiston moliya bozorining rivojlanishini inobatga olgan holda, an’anaviy bank infratuzilmasi va raqamli aktivlar xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish imkonini beradi.

«Banklar bilan hamkorlik Volutoni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlarimizdan biri. Biz Asia Alliance Bank bilan allaqachon hamkorlik qilib kelmoqdamiz va ushbu memorandum yangi bosqichni boshlab beradi: endi ikkala kompaniya mijozlari uchun xizmatlarni birgalikda rivojlantiramiz», — dedi Voluto bosh direktorining o‘rinbosari Arnoldi Gzirovi.

Memorandumning imzolanishi tomonlarning hamkorlikni izchil rivojlantirish, texnologik salohiyatlarini birlashtirish va yangi moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganish niyatini tasdiqlaydi.

Voluto - O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi litsenziyalangan provayder. Powered by Paynet.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan berilgan quyidagi litsenziyalar asosida faoliyat yuritadi:

CS №0006 — kripto-do‘kon faoliyati. CD №0002 — kripto-depozitariy faoliyati.

Kripto-aktivlar. Oson. Va Ishonchli.

Kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblanmaydi.

Ulashish

XFacebookTelegram